遇见数据集

QALQONSIMON BEZNING XAVFSIZ VA XAVFLI TUGUNLARINI ULTRATOVUSH TEKSHIRUVIDA ACR TI-RADS SHKALASI BO'YICHA DIFFERENSIAL DIAGNOSTIKASI

收藏
Zenodo2026-09-28 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya. Qalqonsimon bez tugunlari zamonaviy klinik amaliyotda keng uchraydigan patologik holatlardan biri bo‘lib, ularning aksariyati xavfsiz xarakterga ega. Shu bilan birga, ayrim tugunlar malign jarayon bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi sababli ularni o‘z vaqtida aniqlash va xavf darajasini to‘g‘ri baholash muhim diagnostik vazifa hisoblanadi. Ultrasonografik tekshiruv qalqonsimon bez tugunlarining morfologik xususiyatlarini baholashda asosiy noinvaziv usullardan biridir. ACR TI-RADS (Thyroid Imaging Reporting and Data System) tizimi tugunlarning ultratovush belgilarini standartlashtirish va malignizatsiya xavfini stratifikatsiya qilish imkonini beradi. Ushbu tezisda qalqonsimon bez tugunlarining kompozitsiyasi, exogenicligi, shakli, chegaralari va exogen o‘choqlari kabi asosiy ultratovush belgilarining diagnostik ahamiyati tahlil qilindi. ACR TI-RADS tizimiga ko‘ra tugunlarni TR1–TR5 kategoriyalariga ajratish va ularning malignizatsiya xavfini baholashning asosiy tamoyillari yoritildi. Mazkur yondashuv xavfsiz tugunlarni malignizatsiyaga shubhali tugunlardan differensial ajratish, keraksiz invaziv tekshiruvlarni kamaytirish va biopsiyaga muhtoj bemorlarni tanlash imkonini beradi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-28
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务