FEMALE SUBJECTIVITY IN FEMINIST THEORY AND DECONSTRUCTIVE APPROACHES: THE INTERRELATIONS OF POWER AND LANGUAGE
收藏资源简介:
Annotatsiya: Ushbu maqolada feminist nazariya va dekonstruktiv yondashuvlar kesimida ayol subyektivligining shakllanish mexanizmlari tadqiq etiladi. Judith Butler'ning gender performativligi nazariyasi, Gayatri Spivak'ning subaltern tushunchasi va Hélène Cixous'ning "ayollar yozuvi" (écriture féminine) konsepsiyasidan foydalanib, tadqiqot til va hokimiyat o'rtasidagi dialektik munosabatlarni tahlil qiladi. Charlotte Brontë'ning "Jeyn Eyr" (1847) va Jean Rhys'ning "Keng Sargasso dengizi" (1966) asarlari tahlil materiali sifatida olib, patriarxal diskurs ayol ovozini qanday qurish va bir vaqtning o'zida bostirish mexanizmlari ochib beriladi. Tadqiqot shuni ko'rsatadiki, ayol subyektivligi - tayyor holat emas, balki til, jins va mustamlaka mantiqining murakkab kesishuvida doimo qayta ishlab chiqiladigan diskursiv jarayon hisoblanadi.



