SUN'IY INTELLEKT VA IOT ASOSIDA AQLLI QUYOSH INVERTORLARINI BOSHQARISH TIZIMINI ISHLAB CHIQISH
收藏DataCite Commons2026-05-05 更新2026-05-07 收录
下载链接:
https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.20033819
下载链接
链接失效反馈官方服务:
资源简介:
Ushbu maqolada sun’iy intellekt (AI) va narsalar interneti (IoT) texnologiyalari asosida aqlli quyosh invertorlarini boshqarish tizimini ishlab chiqish masalasi ko‘rib chiqiladi. Taklif etilayotgan tizim real vaqt rejimida monitoring, maksimal quvvat nuqtasini aniqlash (MPPT) jarayonini optimallashtirish va nosozliklarni erta aniqlash imkonini beradi. MATLAB/Simulink muhitida o‘tkazilgan simulyatsiyalar natijasida taklif etilgan AI+IoT tizimi an’anaviy MPPT algoritmlariga nisbatan javob tezligini 37% ga oshirgani va energiya ishlab chiqarishni 16–18% ga yaxshilagani aniqlandi. Ushbu yondashuv quyosh energiya tizimlarining samaradorligi, barqarorligi va iqtisodiy samarasini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.
提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-05



