ZO'RAVONLIKKA MOYIL SHAXSLARNING PSIXOLOGIK PORTRETI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada zo‘ravonlikka moyil shaxslarning psixologik xususiyatlari, ularning shakllanish sabablari va namoyon bo‘lish mexanizmlari tahlil qilinadi. Zo‘ravon xulq-atvorning shaxs strukturasidagi o‘rni, temperament, xarakter aksentuatsiyalari, emotsional-irodaviy soha buzilishlari, ijtimoiylashuv jarayonidagi nuqsonlar hamda oilaviy va ijtimoiy muhitning ta’siri kabi omillar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, agressiv xulq-atvorning psixologik nazariyalari (frustratsiya-agressiya nazariyasi, ijtimoiy o‘rganish nazariyasi, instinktiv nazariyalar) qiyosiy tahlil qilinib, zo‘ravonlikka moyil shaxslarga xos umumlashgan psixologik portret ishlab chiqiladi. Maqola natijalari amaliy psixologiya, huquqbuzarlik profilaktikasi va bolalar hamda o‘smirlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy-korreksion ishlarda foydalanish mumkin bo‘lgan xulosalar bilan yakunlanadi.



