遇见数据集

O'ZBЕK OILALARIDA GЕNDЕR MUNOSABATLARINING - IJTIMOIУ-РЕDAGOGIK, TARIХIУ ASOSLARI

收藏
Zenodo2026-09-06 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada o‘zbek oilalarida gender munosabatlarining ijtimoiy-pedagogik va tarixiy asoslari tahlil qilinadi. O‘zbek jamiyatida oila, nikoh, erkak va ayolning ijtimoiy rollari, ularning tarixan shakllangan vazifa va majburiyatlari milliy qadriyatlar, urf-odatlar hamda an’analar bilan bog‘liq holda yoritiladi. Xususan, erkakning oilani moddiy ta’minlovchi, “boquvchi” sifatidagi an’anaviy funksiyasi, ushbu ijtimoiy talabning uning ruhiy holati, ijtimoiy mavqeyi va xulq-atvoriga ta’siri tahlil etiladi. Shuningdek, oilaviy va qarindoshlik munosabatlarida moddiy mas’uliyat, to‘y-marosimlar, o‘zaro ijtimoiy majburiyatlar hamda jamoatchilik fikrining erkak va ayol hayotiga ta’siri ochib beriladi. Maqolada bozor iqtisodiyoti, globallashuv, zamonaviy axborot texnologiyalari va ijtimoiy o‘zgarishlar natijasida o‘zbek oilalaridagi an’anaviy gender stereotiplarining transformatsiyaga uchrayotgani alohida ta’kidlanadi. Xotin-qizlarning ta’lim, mehnat va ijtimoiy hayotdagi faolligi ortib borishi natijasida oiladagi gender rollari ham yangicha mazmun kasb etayotgani ko‘rsatib beriladi. Gender tushunchasini faqat ayollar muammosi yoki feminizm bilan bog‘lash bir tomonlama yondashuv ekani asoslanib, u erkak va ayolning jamiyatdagi huquqlari, imkoniyatlari, mas’uliyati va ijtimoiy mavqeyini o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganishga xizmat qiluvchi ilmiy kategoriya sifatida talqin etiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-06
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务