YAPON TILIDAGI OT SO'Z TURKUMIGA OID LEKSIK BIRLIKLARNI KOGNITIV METOD ASOSIDA O'QITISH
收藏资源简介:
Mazkur ishda yapon tilidagi ot so‘z turkumiga oid leksik birliklarni o‘qitishda kognitiv metoddan foydalanish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda til birliklarini faqat grammatik shakl sifatida emas, balki inson tafakkuri va madaniy tajribasi bilan bog‘liq konseptual hodisa sifatida o‘rganish zarurligi asoslab beriladi. Yapon tilidagi otlarning semantik, konseptual va madaniy xususiyatlari tahlil qilinib, ularni o‘qitishda assotsiativ fikrlash, konseptual xaritalar, vizual obrazlar va madaniy kontekstga tayangan usullarning samaradorligi ko‘rsatib beriladi. Kognitiv metod asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni talabalarda leksik birliklarning chuqur ma’nosini anglash, ularni nutqiy vaziyatlarda to‘g‘ri qo‘llash hamda uzoq muddatli xotirada mustahkamlash imkonini yaratadi. Tadqiqot natijalari yapon tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etishda amaliy ahamiyatga ega.
本研究阐述了日语动词范畴词汇单元教学中应用认知教学法的相关议题。本研究确立了不应仅将语言单元视为语法形式,而应将其作为与人类思维及文化体验相关联的概念现象来学习的必要性。研究对日语动词的语义、概念及文化属性展开分析,并阐明了在其教学中应用联想思维、概念地图、视觉意象及依托文化语境的教学方法的有效性。以认知教学法构建的教学过程,可帮助学习者理解词汇单元的深层含义,使其能在言语情境中正确运用,并实现长期记忆巩固。本研究成果对于完善日语教学方法论及推广应用现代教学法具有实践价值。



