GIDROTEXNIK TERMINLARNING FUNKSIONAL-SEMANTIK XUSUSIYATLARI (ZATVORLAR MIKROMAYDONI MISOLIDA)
收藏资源简介:
Ushbu maqolada gidrotexnik terminologiyaning muhim semantik segmenti bo'lgan "zatvorlar" mikromaydoni funksional-semantik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida terminlarning giperonimiya va giponimiya munosabatlari, ularning konstruktiv, funksional va lokal differensial belgilari hamda ingliz, o'zbek va rus tillaridagi uch tilli ekvivalentlik tizimi o'rganiladi. Semantik maydon nazariyasi asosida zatvorlarning ierarxik tasnifi ishlab chiqildi va har bir termin differensial semalar orqali tavsiflab berildi. Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, "zatvorlar" mikromaydoni gidrotexnik terminologiyaning tizimli va ierarxik tuzilishga ega bo'lgan mustaqil semantik quyi tizimidir. Ishda Vinay va Darbelnet (1958) hamda Nida (1964) tarjima konsepsiyalari, Wüster (1979) terminologiya nazariyasi va Lotte (1961) standartlashtirish tamoyillariga tayaniladi. Tadqiqot gidrotexnik terminologiyani standartlashtirish, uch tilli terminologik lug'atlar tuzish va ilmiy-texnik tarjima sifatini oshirish uchun amaliy asos bo'lib xizmat qiladi.



