SANOAT ROBOTOTEXNIKASI VA MANIPULYATORLAR HARAKAT TRAYEKTORIYASINI O'RGANISH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada sanoat robototexnikasi tizimlarining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari, robot manipulyatorlarining konstruktiv xususiyatlari hamda ularning harakat trayektoriyasini shakllantirish usullari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Manipulyatorlarning ish samaradorligini oshirishda trayektoriyani rejalashtirishning ahamiyati, kinematik va dinamik modellashtirishning o‘rni hamda boshqaruv algoritmlarining ishlab chiqarish jarayonidagi samaradorligi yoritilgan. Shuningdek, robot manipulyatorlar harakatining aniqligini ta'minlashda interpolatsiya usullari, optimal trayektoriya tanlash va zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari sanoat korxonalarida robototexnika tizimlarini joriy etish ishlab chiqarish unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va inson omili ta'sirini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.



