遇见数据集

ELEKTRON SAVDO XIZMATLARINING HUDUDLARARO IQTISODIY ALOQALARNI RIVOJLANTIRISHDAGI O'RNI

收藏
Zenodo2026-09-24 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Maqolada elektron savdo xizmatlarining O‘zbekiston hududlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdagi o‘rni tadqiq etilgan. Elektron savdoning hududiy bozorlarni o‘zaro bog‘lash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning sotuv geografiyasini kengaytirish, tovar va to‘lov oqimlarini jadallashtirish hamda hududlar o‘rtasidagi axborot nomutanosibligini kamaytirish imkoniyatlari asoslangan. 2024–2025-yillarda ayrim hududlarda savdo xizmatlari hajmining o‘zgarishi qiyosiy tahlil qilinib, mazkur ko‘rsatkich elektron savdoning bevosita hajmini emas, balki hududiy bozor sig‘imi va iqtisodiy faollikdagi tafovutlarni ifodalashi alohida ko‘rsatilgan. Hududlararo elektron savdoni baholash uchun “sotuvchi hududi – xaridor hududi” tamoyiliga asoslangan ko‘rsatkichlar tizimi taklif etilgan. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni boshqa hududlar bozoriga olib chiqish, hududlararo yetkazib berish sifatini baholash va elektron buyurtmalar geografiyasini hisobga olish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-24
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务