SOG'LIQNI SAQLASH MATNLARINI TARJIMA QILISHDA NEYTRALLIK VA ANIQLIKNI TA'MINLASH MEXANIZMLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada sog‘liqni saqlash matnlarini tarjima qilishda neytrallik va aniqlikni ta’minlash mexanizmlari tahlil qilinadi. Neytrallik tarjimonning asliyatdagi ma’lumotning ishonchlilik darajasini, baholovchi ohangini va stigmatizatsiyalamaydigan xususiyatini o‘z talqinini qo‘shmasdan saqlash majburiyati sifatida talqin etiladi. Aniqlik terminologik, raqamli va pragmatik darajalarda ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda terminologik, lingvopragmatik, protsedural va etik mexanizmlar guruhlari ajratilib, ular qatorida glossariylar, modallikni saqlash, tahrir, teskari tarjima, mutaxassis ekspertizasi va kognitiv sinov yoritiladi. Natijalar neytrallik va aniqlikka yagona usul orqali emas, balki ko‘p bosqichli sifat nazorati tizimi orqali erishilishini ko‘rsatadi.



