O'ZBEK TERMINOLOGIYASIDA ELEKTRON LUG'ATLARNING O'RNI
收藏资源简介:
Annotatsiya: Mazkur tezisda zamonaviy o‘zbek terminologiyasi va leksikografiyasi taraqqiyotida elektron lug‘atlarning tutgan o‘rni, ularning nazariy va amaliy ahamiyati masalalari yoritiladi. Raqamli texnologiyalarning tilshunoslik sohasiga tatbiq etilishi natijasida shakllangan elektron leksikografiya yo‘nalishi, uning imkoniyatlari hamda an’anaviy lug‘atchilikdan farqli jihatlari tahlil qilinadi. Elektron lug‘atlarning lingvistik ma’lumotlarni tizimlashtirish, terminologik birliklarni qayd etish, saqlash va tezkor izlashdagi afzalliklari ochib beriladi. Shuningdek, o‘zbek tilidagi elektron lug‘atlarning milliy til resurslarini shakllantirish va tilning zamonaviy axborot makonidagi mavqeyini mustahkamlashdagi ahamiyati haqida ilmiy xulosalar beriladi.



