MUSTAQILLIK DAVRI ADABIYOTIDA MILLIY O'ZLIK MASALASI: BADIIY TALQIN, G'OYAVIY IZLANISHLAR VA ESTETIK TRANSFORMATSIYA
收藏资源简介:
Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani tiklash, ma’naviy qadriyatlarni qayta baholash va yangi estetik mezonlarni shakllantirish jarayonlari bilan xarakterlanadi. Mazkur ilmiy maqolada mustaqillik davri adabiyotida milliy o‘zlik masalasining badiiy talqini, g‘oyaviy yo‘nalishlari, poetik shakllari va estetik transformatsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — istiqlol davri badiiy tafakkurida milliy identifikatsiya konsepsiyasining qanday shakllanganini aniqlash va uning janrlar kesimidagi ifodasini ochib berishdan iborat. Tadqiqot metodologiyasi sifatida tarixiy-qiyosiy tahlil, struktural-semantik yondashuv, diskursiv tahlil va intertekstual metodlardan foydalanildi. Asosiy qismda mustaqillik davri she’riyati, nasri va dramaturgiyasida milliy o‘zlik talqini, tarixiy shaxslar obrazi orqali identitetni tiklash, diniy-ma’naviy qadriyatlarning qayta talqini, postmodern badiiy tafakkur va globallashuv sharoitida milliylik muammosi yoritildi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mustaqillik davri adabiyoti milliy o‘zlikni ideologik emas, balki falsafiy-estetik kategoriyaga aylantirdi. Adabiyotda tarixiy xotira, ona tiliga hurmat, qadimiy an’analar va zamonaviylik sintezi milliy identitetni shakllantirishning asosiy omiliga aylandi.
独立时期的乌兹别克文学,以探寻民族身份、重构历史记忆、重估精神价值以及构建新型审美准则的发展进程为核心特征。本学术论文聚焦独立时期乌兹别克文学,对民族身份议题的文学阐释、思想倾向、诗歌形式及其审美转型展开剖析。本研究的核心目标在于厘清独立时期文学思想中民族身份认同理念的形成逻辑,并揭示其在各类文体中的具体呈现形态。本研究采用的方法论体系涵盖历史比较分析、结构语义分析、话语分析以及互文研究法。论文主体部分分别对独立时期的诗歌、散文与戏剧创作进行探析:内容涉及民族身份的文学表达、借历史人物形象重构身份认同、对宗教与精神价值的重新阐释,以及在后现代文学思想与全球化语境下的民族性议题探讨。研究分析表明,独立时期的乌兹别克文学已将民族身份从意识形态范畴,转化为兼具哲学与审美属性的研究范畴。在该时期的文学创作中,历史记忆、母语敬畏、传统叙事与现代性的有机融合,已然成为塑造民族身份认同的核心要素。



