REKLAMA MATNLARINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
收藏资源简介:
Yapon tilshunosligida reklama matnlarini milliy va madaniy qadriyatlar nuqtayi nazaridan tadqiq etish alohida ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Buning asosiy sababi shundaki, yapon reklama diskursida milliy-madaniy o‘ziga xosliklar verbal va vizual komponentlar orqali izchil namoyon bo‘ladi. Reklama matnlari faqat mahsulot yoki xizmatni targ‘ib etish vositasi bo‘lib qolmay, balki yapon xalqining milliy qadriyatlari, urf-odatlari, estetik qarashlari, dunyoqarashi hamda kommunikativ madaniyatini aks ettiruvchi muhim ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida ham namoyon bo‘ladi. Shu jihatdan reklama iste’molchi bilan emotsional va madaniy yaqinlikni ta’minlaydi, milliy identifikatsiyani mustahkamlaydi hamda mahalliy qadriyatlarni global reklama makoniga integratsiyalash imkoniyatini yaratadi.



