TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISHDA STANDARTLASHTIRISHNING AHAMIYATI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada texnik jihatdan tartibga solish tizimida standartlashtirishning o‘rni va ahamiyati, uning mahsulot, ish va xizmatlarning sifati hamda xavfsizligini ta’minlashdagi vazifalari yoritilgan. Standartlashtirish zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini tartibga solish, mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini ta’minlash, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish va ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirishning muhim vositalaridan biri sifatida tahlil qilingan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi amaldagi qonunchilik hujjatlari, mahalliy olimlar tomonidan yaratilgan o‘quv adabiyotlari hamda ilmiy-metodik manbalar asosida standartlashtirishning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, milliy standartlarning xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashuvi, standartlashtirishning eksport salohiyatini oshirishdagi o‘rni, texnik reglamentlar bilan o‘zaro aloqasi hamda raqamlashtirish sharoitida standartlashtirish tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.



