QISHLOQ XO'JALIGIDA "SMART AGRO" VA AVTOMATLASHTIRILGAN SUV BOSHQRUVI TIZIMLARINING AHAMIYATI
收藏资源简介:
Ushbu tadqiqot ishida zamonaviy qishloq xo'jaligida "Smart Agro" (Aqlli qishloq xo'jaligi) konseptsiya va avtomatlashtirilgan suv boshqaruvi tizimlarining tatbiq etilishi hamda ularning suv resurslarini tejashdagi ahamiyati o'rganilgan. Ishda narsalar interneti (IoT), tuproq namligi va iqlim datchiklari, SCADA tizimlari va sun'iy yo'ldosh monitoringining agrosektordagi o'rni tahlil qilingan. An'anaviy va avtomatlashtirilgan sug'orish boshqaruvi tizimlarining samaradorligi qiyosiy baholangan. Tadqiqot natijalari avtomatlashtirilgan "Smart Agro" texnologiyalarini joriy etish orqali sug'orish suvi sarfini 25–35% ga kamaytirish, elektr energiyasi xarajatlarini 20% ga qisqartirish hamda hosildorlikni 15–20% ga oshirish imkoniyati mavjudligini ko'rsatdi.



