NEYRODEGENERATIV KASALLIKLARNING PATOGENETIK MEXANIZMLARI: ALTSGEYMER VA PARKINSON KASALLIKLARI MISOLIDA
收藏资源简介:
Neyrodegenerativ kasalliklar markaziy asab tizimining progressiv va qaytarilmas shikastlanishi bilan tavsiflanib, kognitiv, harakat va psixoemotsional buzilishlar bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu kasalliklar orasida Altsgeymer va Parkinson kasalliklari eng ko‘p uchraydigan va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan shakllar hisoblanadi. Mazkur maqolada Altsgeymer va Parkinson kasalliklarining rivojlanishida ishtirok etuvchi asosiy patogenetik mexanizmlar zamonaviy ilmiy manbalar asosida batafsil tahlil qilingan. Tadqiqotda oqsil agregatsiyasi, oksidlovchi stress, mitoxondrial disfunksiya, neyroyallig‘lanish va genetik omillarning neyronlar nobud bo‘lishidagi roli yoritilgan. Shuningdek, ushbu mexanizmlarning o‘zaro bog‘liqligi va kasalliklarning klinik kechishiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Neyrodegenerativ kasalliklar patogenezini chuqur o‘rganish erta tashxis qo‘yish, samarali davolash usullarini ishlab chiqish va individual profilaktika choralarini qo‘llash uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega.
神经退行性疾病(Neurodegenerative Diseases)以中枢神经系统进行性、不可逆性损伤为特征,临床表现为认知、运动及精神情感障碍。在这类疾病中,阿尔茨海默病(Alzheimer's Disease)与帕金森病(Parkinson's Disease)是最为常见且具有重要社会意义的类型。本文基于最新学术文献,对阿尔茨海默病与帕金森病发病过程中参与的核心病理生理机制进行了详尽分析。本研究阐明了蛋白质聚集、氧化应激、线粒体功能障碍、神经炎症以及遗传因素在神经元丢失过程中的作用。此外,本研究还探讨了上述机制之间的相互关联,以及其对疾病临床进程的影响。深入研究神经退行性疾病的发病机制,对于实现早期诊断、开发有效治疗手段以及实施个性化预防措施具有重要的学术价值。



