遇见数据集

VOYAGA YETMAGANLAR HUQUQBUZARLIKLARI VA VIKTIMLIGINING KRIMINOLOGIK TAHLILI

收藏
Zenodo2026-07-19 更新2026-08-01 收录
官方服务:

资源简介:

Maqolada voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklari va viktimligining kriminologik jihatlari zamonaviy yondashuvlar asosida tahlil qilingan. Voyaga yetmaganlarning huquqbuzarlik sodir etishi hamda jinoyat qurboniga aylanishiga ta'sir ko'rsatuvchi ijtimoiy, oilaviy, psixologik, iqtisodiy va raqamli omillar tizimli ravishda baholangan. Huquqbuzarlik va viktimlik o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik kriminologik determinantlar hamda xavf omillari orqali izohlangan. Shuningdek, amaldagi profilaktika mexanizmlarining samaradorligi tahlil qilinib, voyaga yetmaganlarni jinoyatchilik va viktimlashuvdan himoya qilishga qaratilgan kompleks profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirish bo'yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Keltirilgan xulosalar huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda viktimologik profilaktika tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-07-19
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务