遇见数据集

PARKINSONIZM BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA TIZZA BO'G'IMI OSTEOARTROZINING KLINIK KECHISH XUSUSIYATLARI

收藏
Zenodo2026-09-29 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada parkinsonizm bilan kasallangan bemorlarda tizza bo‘g‘imi osteoartrozining klinik kechish xususiyatlari, og‘riq sindromi, bo‘g‘im harakatlarining cheklanishi, yurish faoliyatining buzilishi va funksional imkoniyatlarning pasayishi masalalari tahlil qilinadi. Parkinsonizmga xos bradikineziya, rigidlik, postural buzilishlar va yurish stereotipining o‘zgarishi tayanch-harakat tizimiga qo‘shimcha biomekanik yuklama berishi mumkin. Ilmiy adabiyotlarda Parkinson kasalligida tayanch-harakat tizimi bilan bog‘liq og‘riqlar, ayniqsa pastki oyoq va tizza sohasidagi simptomlar muhim klinik muammo sifatida qayd etilgan. Shu sababli tizza osteoartrozining klinik belgilarini parkinsonizmning motor simptomlaridan farqlash, og‘riqning xususiyatlarini aniqlash va bemorning funksional holatini kompleks baholash muhimdir. Maqolada mazkur ikki patologik holatning o‘zaro klinik bog‘liqligi va diagnostik yondashuvlari yoritilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-29
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务