XORAZM VILOYATINING ISSIQ-QURUQ IQLIM SHAROITIDA SANOATLASHTIRILGAN QURILISH TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O'RTA QAVATLI TURAR-JOY BINOLARINI LOYIHALASH TAMOYILLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada Xorazm viloyatining issiq va quruq iqlim sharoitlariga moslashtirilgan, sanoatlashtirilgan qurilish texnologiyalari asosida o'rta qavatli uy-joy binolarini loyihalash masalalari ilmiy asosda ko'rib chiqilgan. Tadqiqot doirasida viloyatning iqlim xususiyatlari (o‘rtacha yillik harorat +13,5°C, iyul oyida +32°C gacha, yillik yog‘ingarchilik 90-110 mm) tahlil qilingan hamda zamonaviy sanoat qurilish usullari - oldindan tayyorlangan temir-beton elementlar, strukturaviy panel tizimlar va modular yig‘ma konstruksiyalar - bu sharoit uchun qo‘llanilishi o‘rganilgan. Maqolada issiqlik izolyatsiyasi, quyosh radiatsiyasidan himoya va binoning enersetiqlik samaradorligini oshirishga qaratilgan arxitekturaviy-konstruktiv yechimlar taklif etilgan. Tadqiqot natijalari Xorazm viloyatida qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joy majmualariga tatbiq etish uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.



