ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDAGI DIMOSOS ROTORI AGRESSIV MUHITDA ISHLOVCHI VAL VA ISHCHI G'ILDIRAKLARNING YEYILISHINI KAMAYTIRISH HAMDA XIZMAT MUDDATINI OSHIRISHNING INNOVATSION YECHIMI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada ishlab chiqarish korxonalarida agressiv muhit sharoitida ishlaydigan Dimosos rotori tarkibidagi val va ishchi g‘ildiraklarning yeyilish jarayonlari tahlil qilingan. Tadqiqotda korrozion-agressiv muhit, mexanik yuklama, ishqalanish va abraziv zarrachalarning detallar ekspluatatsion holatiga ta’siri o‘rganilgan. Val va ishchi g‘ildiraklarning yeyilish intensivligini kamaytirish, ularning ishga yaroqlilik ko‘rsatkichlarini yaxshilash hamda xizmat muddatini uzaytirishga yo‘naltirilgan innovatsion texnik yechimlar taklif etilgan. Shuningdek, zamonaviy yeyilishga chidamli materiallar, himoya qoplamalari va sirtni mustahkamlash texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari asoslab berilgan. Taklif etilayotgan yechimlar ishlab chiqarish uskunalarining ishonchliligi va texnik samaradorligini oshirish, ta’mirlash xarajatlarini kamaytirish hamda uzluksiz texnologik jarayonni ta’minlashga xizmat qiladi.



