SEYSMIK HUDUDLARDA QURILAYOTGAN BINOLARNING ZAMINLARINI ZICHLASHNING TAKOMILLASHTIRILGAN USULLARINI TADQIQ QILISH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada seysmik hududlarda qurilayotgan bino va inshootlar zamin gruntlarini zichlashning takomillashtirilgan usullari tadqiq etilgan. Zamin gruntlarining zichligi, namligi, deformatsiyalanishi va yuk ko‘tarish qobiliyatining bino va inshootlarning seysmik barqarorligiga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqotda mexanik, vibratsion va dinamik zichlash usullarining qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Gruntning fizik-mexanik xususiyatlari va muhandislik-geologik sharoitlarini hisobga olgan holda samarali zichlash texnologiyasini tanlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Takomillashtirilgan zichlash usullaridan foydalanish zamin gruntlarining mustahkamligini oshirish, deformatsiyalarni kamaytirish va bino hamda inshootlarning seysmik barqarorligini yaxshilash imkonini beradi. Tadqiqot natijalari seysmik hududlarda zaminlarni tayyorlash va mustahkamlash ishlarini takomillashtirish uchun amaliy ahamiyatga ega



