INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA SUN'IY INTELLEKT DISKURSI TERMINOLOGIYASINING QIYOSIY-LINGVISTIK TADQIQI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida sun’iy intellekt diskursi terminologiyasining qiyosiy-lingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda sun’iy intellekt sohasida keng qo‘llanilayotgan terminlarning shakllanish manbalari, semantik tuzilishi, funksional qo‘llanishi hamda ikki tildagi ekvivalentlik darajasi o‘rganiladi. Shuningdek, ingliz tilidan o‘zbek tiliga kirib kelayotgan sun’iy intellekt terminlarining o‘zlashish jarayonlari, tarjima usullari va ularning lingvistik moslashuv mexanizmlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt terminologiyasining xalqaro xarakterga ega ekanligini, biroq ularning milliy til tizimlarida qo‘llanishida muayyan semantik va struktur tafovutlar mavjudligini ko‘rsatadi. Maqola natijalari zamonaviy kompyuter lingvistikasi, terminologiya va tarjimashunoslik sohalaridagi tadqiqotlarni boyitishga xizmat qiladi.



