KO'CHA NOMLARI VA LAVHALARDAGI (TASHQI YOZUVLAR) TIL MADANIYATI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada ko‘cha nomlari va tashqi yozuvlarda til madaniyatiga rioya qilish masalasi yoritilgan. Ko‘cha nomlari, do‘kon peshlavhalari, reklama bannerlari, e’lonlar va boshqa ko‘rgazmali yozuvlarning kundalik hayotdagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, tashqi yozuvlarda davlat tilidan to‘g‘ri foydalanish, imlo qoidalariga amal qilish va ma’lumotlarni tushunarli shaklda ifodalash masalalariga e’tibor qaratilgan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Davlat tili haqida”gi Qonun hamda “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonun asosida mavzuning huquqiy jihatlari o‘rganilgan. Bundan tashqari, yozuvlarda uchrashi mumkin bo‘lgan imlo xatolari, xorijiy so‘zlardan foydalanish va yozuvlarning o‘qilish qulayligi bilan bog‘liq masalalar tahlil qilingan. Maqolaning asosiy maqsadi tashqi yozuvlarda til madaniyatining o‘rnini tushuntirish va ularni yaxshilash bo‘yicha takliflar berishdan iborat. Tadqiqot yakunida yozuvlarni chop etishdan oldin tekshirish, ko‘cha nomlarining rasmiy shaklini saqlash va davlat tilidagi ma’lumotlarning tushunarli bo‘lishiga e’tibor berish zarurligi ta’kidlangan.



