遇见数据集

BERDAQ IJODINING TARIXIY-BADIIY XUSUSIYATLARI VA QORAQALPOQ ADABIY TAFAKKURIDAGI O'RNI

收藏
Zenodo2026-02-17 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

XIX asr qoraqalpoq adabiyoti Markaziy Osiyo madaniy hayotida muhim o‘rin tutadigan boy badiiy merosni shakllantirgan davr hisoblanadi. Bu davrda adabiyot nafaqat estetik ifoda vositasi, balki xalqning tarixiy xotirasi, ijtimoiy ongini shakllantiruvchi ma’naviy kuch sifatida namoyon bo‘lgan. Ana shu adabiy muhitda yirik shoir va mutafakkir sifatida tanilgan Berdaq qoraqalpoq xalqining ruhiy dunyosi, tarixiy taqdiri va ijtimoiy kechinmalarini badiiy so‘z orqali yuksak darajada ifoda etgan ijodkorlardan biridir. Shoir merosini o‘rganish nafaqat adabiyotshunoslik, balki tarix, madaniyatshunoslik va milliy identitet tadqiqotlari uchun ham muhim ilmiy manba hisoblanadi. Ayniqsa, uning epik va didaktik asarlarida xalqning kelib chiqishi, tarixiy jarayonlar, ma’naviy qadriyatlar hamda ijtimoiy munosabatlar badiiy umumlashtirish orqali ifodalangan. Mazkur maqolaning maqsadi — Berdaq ijodining janriy xususiyatlarini, tarixiy-epik tafakkurini hamda uning qoraqalpoq madaniy hayotidagi o‘rnini ilmiy asosda tahlil qilishdir.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-17
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务