遇见数据集

TALABALARNING HUQUQIY MADANIYATINI OSHIRISHNING IJTIMOIY-HUQUQIY VA PEDAGOGIK OMILLARI

收藏
Zenodo2026-11-04 更新2026-11-05 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada O‘zbekistonda talaba-yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish va oshirish jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-huquqiy hamda pedagogik omillar tahlil qilingan. Jamoat xavfsizligi universiteti yurisprudensiya yo‘nalishi 1-kursining 60 nafar talabasi o‘rtasida o‘tkazilgan empirik tadqiqot asosida talabalarning huquqiy ong strukturasi, huquqiy savodxonlik darajasi va huquqiy nigilizm namoyon bo‘lish xususiyatlari o‘rganilgan. So‘rovnoma va o‘quv dasturlari kontent-tahlili natijalari shuni ko‘rsatdiki, ta’limda reproduktiv metodlarning ustunligi 68% respondentlarda passiv huquqiy xulq-atvor shakllanishiga olib kelmoqda. Mahalliy huquqshunos va pedagog olimlarning ilmiy ishlarini tahlil qilish asosida talabalarning fuqarolik pozitsiyasini faollashtirish uchun o‘quv jarayoniga interaktiv texnologiyalarni (sud jarayonlari imitatsiyasi, huquqiy maslahat) integratsiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taklif etilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-11-04
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务