BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA IJTIMOIY HAMKORLIK METODIKASINING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida ijtimoiy hamkorlik metodikasining pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Unda hamkorlikka asoslangan ta’limning mazmuni, kollaborativ yondashuvning o‘quv jarayonidagi o‘rni hamda talabalarda kasbiy, kommunikativ va ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Maqolada ijtimoiy hamkorlik metodikasi bo‘lajak o‘qituvchilarda guruhda ishlash, fikr almashish, mas’uliyatni his qilish, muammoli vaziyatlarni birgalikda hal etish va o‘quvchilar faolligini boshqarish kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishi asoslab berilgan. Shuningdek, boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘qituvchining faqat bilim beruvchi emas, balki yo‘naltiruvchi, qo‘llab-quvvatlovchi va hamkorlik muhitini yaratuvchi shaxs sifatidagi roli ochib berilgan.



