遇见数据集

SUN'IY INTELLEKT YORDAMIDA XORIJIY TILDAGI YOZMA NUTQ XATOLARINI ANIQLASH VA TAHLIL QILISH

收藏
Zenodo2026-10-21 更新2026-11-05 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada sun’iy intellekt vositalari yordamida xorijiy tildagi yozma nutq xatolarini aniqlash va tahlil qilishning lingvistik hamda pedagogik jihatlari yoritiladi. Grammatik, leksik, orfografik va punktuatsion xatolar, shuningdek, uslubiy nomuvofiqliklar hamda matnning mantiqiy bog‘lanishiga oid kamchiliklarni aniqlash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Nazariy-tahliliy yondashuv asosida avtomatik tahrir va generativ sun’iy intellekt vositalari taqdim etadigan tavsiyalarning aniqligi, kontekstga mosligi va tushuntirish qiymatini baholash mezonlari muhokama qilinadi. Xatoni tuzatish bilan uning sababini anglash o‘rtasidagi farqqa, shuningdek, me’yoriy xato va maqbul uslubiy variantni farqlash zaruratiga alohida e’tibor qaratiladi. Sun’iy intellekt tavsiyalaridan tanqidiy foydalanish, o‘qituvchi fikr-mulohazasi bilan uyg‘unlashtirish va o‘rganuvchining mustaqil tahrir ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari tahlil etiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-10-21
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务