O'ZBEKISTON TARIXINI O'QITISHDA ETNOGRAFIK MA'LUMOTLARDAN FOYDALANISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada O‘zbekiston tarixini o‘qitish jarayonida etnografik ma’lumotlardan foydalanish metodikasini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Etnografik ma’lumotlarning tarixiy bilimlarni boyitish, tarixiy voqea va jarayonlarni xalqning kundalik hayoti, urf-odatlari, an’analari, moddiy va ma’naviy madaniyati bilan bog‘liq holda tushuntirishdagi pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda etnografik manbalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, ularni tarixiy izchillik asosida tanlash va qo‘llash metodlari, interfaol hamda raqamli texnologiyalar bilan integratsiyalash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, etnografik materiallardan foydalanishning talabalarning tarixiy tafakkuri, mustaqil fikrlashi, manbalar bilan ishlash ko‘nikmalari va tarixiy-madaniy merosni anglash kompetensiyalariga ta’siri yoritilgan. Tadqiqot natijasida O‘zbekiston tarixi ta’limida etnografik ma’lumotlardan foydalanish metodikasini manbashunoslik, interfaol ta’lim, raqamli texnologiyalar va kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish zarurligi asoslangan.



