YASHIL ENERGIYA LOYIHALARIDA EKOLOGIK RISKLARNI HISOBLASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada O‘zbekiston sharoitida quyosh va shamol elektr stansiyalari loyihalarida yuzaga keladigan ekologik risklarni aniqlash, baholash va hisoblash metodikasini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda ekologik risklar loyiha boshqaruvi jarayonining muhim tarkibiy elementi sifatida qaraladi. Maqolada risklarni baholash nazariyasi, ekologik risklarni baholash yondashuvi, hayotiy sikl tahlili va loyiha risk-menejmenti tamoyillari umumlashtiriladi. Shuningdek, yer va suv resurslariga ta’sir, biologik xilma-xillik, shovqin, changlanish, chiqindilar, texnologik xavfsizlik va ekologik monitoring asosiy risk indikatorlari sifatida ajratiladi. Tadqiqot natijasida ekologik risklarni ehtimollik, ta’sir darajasi, ekologik sezgirlik va boshqarish imkoniyatlari asosida baholash hamda integral risk ko‘rsatkichini shakllantirish bo‘yicha metodik yondashuv taklif etiladi.



