AMUDARYONING GIDROLOGIK XUSUSIYATLARI VA SUV XAVFSIZLIGIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR
收藏资源简介:
Ushbu maqolada Markaziy Osiyoning eng yirik transchegaraviy daryosi hisoblangan Amudaryoning gidrologik rejimi, toʻyinish manbalari va oqim dinamikasi tahlil qilingan. Tadqiqotda mintaqadagi ekologik barqarorlik va oziq-ovqat xavfsizligining asosi boʻlgan suv resurslariga ta'sir koʻrsatayotgan global va lokal omillar batafsil yoritilgan. Xususan, iqlim oʻzgarishi natijasida muzliklarning erishi kabi tabiiy jarayonlar hamda demografik oʻsish, gidrotexnik inshootlar qurilishi kabi antropogen ta'sirlar oʻrganilgan. Maqola yakunida Amudaryo havzasida suv taqchilligining oldini olish, transchegaraviy suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish va suvni tejovchi raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.



