QISHLOQ XO'JALIGI YERLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINING IQTISODIY TAHLILI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini iqtisodiy baholashning nazariy va uslubiy asoslari yoritilgan. Yer resurslaridan foydalanish samaradorligiga ta’sir qiluvchi tuproq boniteti, hosildorlik, yalpi mahsulot qiymati, ishlab chiqarish xarajatlari, sof foyda, rentabellik, suv sarfi, mehnat unumdorligi va yer qaytimi kabi ko‘rsatkichlar tizimli tahlil qilingan. Tadqiqotda iqtisodiy-statistik, qiyosiy, korrelyatsion-regression va integral baholash usullaridan foydalanish taklif etilgan. Shuningdek, yer uchastkalarining iqtisodiy samaradorligini baholash uchun yer qaytimi, xarajatlar rentabelligi, bir gektardan olinadigan sof foyda va integrallashgan iqtisodiy samaradorlik indeksiga asoslangan matematik model ishlab chiqilgan. Hisoblash natijalari yerlarning sifat holatini yaxshilash, suv va moddiy resurslardan oqilona foydalanish, raqamli monitoring tizimlarini joriy etish hamda yer tuzish loyihalarini optimallashtirish orqali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligini oshirish mumkinligini ko‘rsatadi.



