遇见数据集

HARBIY XIZMATCHILARDA QO'RQUV VA XAVOTIR HOLATLARINI PSIXOLOGIK BOSHQARISHNING PROFILAKTIK MEXANIZMLARI

收藏
Zenodo2026-08-11 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya: Mazkur tezis harbiy xizmat sharoitida qo‘rquv va xavotirning funksional hamda xavf tug‘diruvchi ko‘rinishlarini ajratish, ularni erta aniqlash va boshqarishga qaratilgan psixoprofilaktik mexanizmlarni tizimlashtirishga bag‘ishlangan. Tadqiqot nazariy-analitik dizaynda bajarilib, muallifning 2022–2023-yillardagi mavzuga oid ishlari, harbiy xizmatchilar rezilyentligi, emotsional boshqaruv, stressni nazorat qilish va psixologik tayyorgarlikka doir xalqaro tadqiqotlar tematik tahlil qilindi. Natijada qo‘rquvni butunlay bartaraf etish emas, balki uni vazifaga mos darajada boshqarish zarurligi asoslandi. Profilaktik tizimning kognitiv tayyorgarlik, emotsional o‘zini boshqarish, stressga bosqichma-bosqich moslashtirish, jamoaviy qo‘llab-quvvatlash, komandirlik kommunikatsiyasi va psixologik monitoringdan iborat olti komponentli modeli taklif etildi. Model harbiy xizmatchining jangovar tayyorgarligi va kundalik xizmat samaradorligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-11
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务