KICHIK MAKTAB YOSHLI BOLALARNI MAKTABGA MOSLASHISHINI TA'MINLASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK ASOSLARI
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqolada yetti yoshli bolalarning maktab ta’limiga moslashuv jarayonining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari hamda ushbu jarayonni ta’minlovchi asosiy omillar tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi boshlang‘ich ta’lim bosqichida bolalarning psixologik moslashuvi ularning keyingi o‘quv faoliyati, shaxsiy rivojlanishi va ijtimoiy muhitga integratsiyalashuvi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi bilan belgilanadi. Maqolada maktabga adaptatsiya tushunchasining psixologik mazmuni, yetti yoshli bolalarning yosh va individual xususiyatlari, ijtimoiy muhit (oila, maktab, tengdoshlar guruhi) ta’siri hamda pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati ilmiy-nazariy va empirik jihatdan yoritilgan. Tadqiqot jarayonida psixodiagnostik metodlar, kuzatish va suhbat usullaridan foydalanildi. Olingan empirik natijalar bolalarning maktabga muvaffaqiyatli adaptatsiyasida ijtimoiy munosabatlar, emotsional barqarorlik va o‘qituvchi bilan o‘zaro hamkorlik muhim omillar ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’lim amaliyotida, maktab psixologlari va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyatida, shuningdek, ota-onalar bilan olib boriladigan psixologik-ma’rifiy ishlarda foydalanish uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.



