BOSHLANG'ICH TA'LIMDA GEYMIFIKATSIYA ORQALI O'QUVCHILARNING MOTIVATSIYASINI OSHIRISH USULLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘yinlashtirish (geymifikatsiya) texnologiyalaridan foydalanishning o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasi, bilish faolligi hamda ijodiy fikrlashiga ta’siri ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida o‘yin elementlari — ball tizimi, darajalar, reyting, rag‘batlantirish vositalari, jamoaviy topshiriqlar va raqamli ta’lim platformalarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari faoliyatiga ta’siri amaliy misollar asosida yoritilgan. Shuningdek, geymifikatsiya texnologiyasi orqali o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, muammoni hal qilish, muloqot madaniyati va hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada o‘yinlashtirishning pedagogik-psixologik asoslari ochib berilib, boshlang‘ich ta’limni modernizatsiya qilishda interaktiv va innovatsion metodlarning ahamiyati asoslanadi. Muallif tomonidan o‘yinlashtirish texnologiyalarini dars jarayoniga samarali integratsiya qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.



