遇见数据集

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA ELEKTRON TIJORATNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

收藏
Zenodo2026-02-01 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqola raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron tijoratning rivojlanish tendensiyalari va uning iqtisodiyotga ta’sirini chuqur tahlil qiladi. Maqolada elektron tijorat tushunchasi, uning asosiy shakllari (B2B, B2C, C2C, C2B) va ularning iqtisodiy jarayonlardagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, elektron tijorat rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar – internet va mobil texnologiyalar, onlayn to‘lov tizimlari, logistika xizmatlari va aholi raqamli savodxonligi batafsil ko‘rib chiqilgan. Maqolada elektron tijoratning zamonaviy tendensiyalari, jumladan mobil savdoning (m-commerce) kengayishi, ijtimoiy tarmoqlar orqali savdoning rivojlanishi, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar tahlilidan foydalanish, shuningdek VR va AR texnologiyalari yordamida mahsulotlarni taqdim etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Bundan tashqari, maqolada elektron tijoratning milliy va global iqtisodiyotga ta’siri – kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, raqobat muhitini kuchaytirish va mahsulot hamda xizmatlarga erkin kirish imkoniyatlarini kengaytirish kabi jihatlar batafsil yoritilgan. Shuningdek, elektron tijoratning rivojlanishidagi asosiy muammolar – kiberxavfsizlik, huquqiy tartibga solish, texnik va infratuzilma cheklovlari ham ko‘rib chiqilgan, ularni hal etishning samarali yo‘llari, jumladan davlat siyosati, qonunchilikni takomillashtirish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash tavsiyalari keltirilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-01
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务