BANK KREDITLARI VA IQTISODIY O'SISH O'RTASIDAGI UZOQ MUDDATLI MUNOSABAT
收藏资源简介:
Mazkur maqolada bank kreditlari va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi uzoq muddatli munosabat tahlil qilinadi. Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida moliyaviy sektorning rivojlanishi iqtisodiy barqarorlik va o‘sishni ta’minlashda muhim omillardan biri hisoblanadi. Bank tizimi iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy resurslar bilan ta’minlaydi. Bu orqali ishlab chiqarish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlaydi va investitsiya faoliyatini rag‘batlantiradi. Ushbu maqolada O'zbekiston Markaziy bankining 2017-2025-yillar davomida mamlakat uchun bergan YaIM statistikasi tahlil qilinadi va ushbu davrda bank kreditlarining iqtisodiy o'sishga ta'siri o'rganiladi. Tahlil natijalari bank kreditlari iqtisodiy faollikni oshirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish hamda yangi ish o'rinlarini yaratishda muhim rol o'ynashini ko'rsatadi.



