SUV RESURSLARI, YASHIL QOPLAMA VA SHAHAR ISSIQLIK OROLI KOʻRSATKICHLARI ASOSIDA INTEGRATSIYALASHGAN EKOLOGIK BARQARORLIK INDEKSINI HISOBLASH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada Toshkent viloyati misolida suv resurslari, oʻrmon-yashil qoplam va yer yuzasi termal rejimi (shahar issiqlik oroli — UHI) koʻrsatkichlarini birlashtirgan Integratsiyalashgan Ekologik Barqarorlik Indeksi (IEBI) modeli taklif etiladi. Model Landsat va Sentinel seriyali kosmik tasvirlar asosida hisoblangan NDVI, MNDWI va LST spektral indekslarini entropiya vaznlash usuli yordamida bitta kompleks koʻrsatkichga birlashtirish orqali quriladi. 2000–2025 yillar oralig'idagi koʻp yillik tahlil Mann-Kendall trend testi yordamida amalga oshirildi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, tadqiqot hududida IEBI qiymati statistik ahamiyatli manfiy tendensiyaga ega (Sen's slope ≈ −0,034/yil), bu esa urbanizatsiya jarayoni kuchaygan hududlarda ekologik barqarorlikning izchil pasayib borayotganidan dalolat beradi. Toshkent shahri markaziy qismida IEBI eng past qiymatga (0,31), Bʻstonliq tumanida esa eng yuqori qiymatga (0,78) erishdi. Taklif etilgan model hududiy rejalashtirish va ekologik siyosat qarorlarini qabul qilishda amaliy qoʻllanilishi mumkin.



