遇见数据集

Steam talim sharoitida oʻquvchilarni tadqiqotchilik koʻnikmalarni shakllantirish

收藏
Zenodo2026-01-31 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada STEAM ta’lim yondashuvi asosida o‘quvchilarda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish masalasi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqotda STEAM ta’limning fanlararo integrativ mohiyati, loyiha va tajribaga asoslangan o‘qitish metodlarining o‘quvchilarning ilmiy tafakkuri hamda mustaqil izlanish faoliyatini rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Ilmiy-pedagogik adabiyotlar tahlili asosida tadqiqotchilik ko‘nikmalarining tarkibiy komponentlari aniqlanib, ularni shakllantirishning metodologik asoslari kompetensiyaviy va faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuvlar uyg‘unligida asoslab berilgan. Tajriba-sinov ishlari natijalari STEAM ta’lim sharoitida tashkil etilgan o‘quv jarayonining o‘quvchilarda muammoni aniqlash, gipoteza ilgari surish, tajriba o‘tkazish, ma’lumotlarni tahlil qilish va ilmiy xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishda yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari zamonaviy ta’lim amaliyotida STEAM yondashuvini joriy etish, o‘quvchilarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-31
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务