遇见数据集

INGLIZ VA O'ZBEK BADIIY MATNLARIDA SUV PARISI OBRAZINING GENDER, EKOKRITIK VA POSTKOLONIAL TALQINLARI

收藏
Zenodo2026-03-13 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqola ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida suv parisi obrazini folkloristik yondashuvdan tashqariga chiqib, uchta zamonaviy adabiy-tanqidiy nazariya — gender tadqiqotlar, ekokrititsizm va postkolonializm — nuqtayi nazaridan birinchi marta kompleks tarzda tahlil qiladi [1, 2]. Maqolaning ilmiy yangiligi shundan iboratki, ushbu uchta metodologik yondashuv o‘zbek adabiyotshunosligida suv parisi obraziga nisbatan ilk bora bir tadqiqot doirasida qo‘llanilmoqda. Gender tahlil ko‘rsatadiki, ingliz adabiyotidagi parisi ko‘pincha patriarxal tartibga tahdid soluvchi «xavfli ayol» sifatida konstruksiya qilingan bo‘lsa, o‘zbek adabiyotida u erkakni ilohiy yuksaklikka yo‘llovchi muqaddas feminin sifatida namoyon bo‘ladi [3, 4]. Ekokritik yondashuv ikkala an'anada ham suv parisi obrazi va tabiat o‘rtasidagi chuqur simvolik bog‘liqlikni ochib beradi, biroq ingliz matnlarida suv ekologiyasi xavf-xatar bilan, o‘zbek matnlarida esa muqaddaslik va hayot bilan assotsiatsiya qilinadi [5, 6]. Postkolonial tahlil esa ingliz adabiyotida parisi obrazining qanday qilib «begona» va «egzotik» kuchni ifodalash uchun ishlatilganini va o‘zbek adabiyotida bu obrazning milliy identitetni muhofaza qilish funksiyasini bajarganini ko‘rsatib beradi [7, 8].

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-03-13
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务