遇见数据集

KONSEPTUAL TAHLIL INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA "OILA" (YOKI "VAQT") KONSEPTINING MILLIY-MADANIY XUSUSIYATLARI

收藏
Zenodo2026-08-14 更新2026-08-20 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek madaniyatlarida “oila” va “uy” tushunchalarining lingvokulturologik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot ob’ekti sifatida ikkala tilning xalq maqollari olingan. Asosiy e’tibor “East or West, home is best”, “There’s no place like home”, “Blood is thicker than water”, “A man’s home is his castle” kabi ingliz maqollari hamda “O‘z uying – o‘lan to‘shaging”, “Oila tinch – yurt tinch”, “Oila ahil bo‘lsa, omad o‘z oyog‘i bilan kelar”, “Ota – aql, ona – idrok”, “Aka uka o‘g‘ri bo‘lsa ham, bir-birini tashlamaydi” kabi o‘zbek maqollariga qaratilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, ikkala madaniyatda ham uy va oila inson hayotining eng muhim tayanchi sifatida e’tirof etiladi. Biroq madaniy farqlar aniq ko‘rinadi: ingliz maqollarida uy ko‘proq individual qulaylik, shaxsiy erkinlik va daxlsizlik hududi sifatida talqin etilsa, o‘zbek maqollarida u jamiyat tinchligi, oilaviy birlik, ota-onaga hurmat va kollektiv qadriyatlar bilan chambarchas bog‘liq holda ifodalanadi. Bu farqlar xalqlarning tarixiy rivojlanishi, ijtimoiy tuzumi va mentalitetidagi individualizm va kollektivizm o‘rtasidagi farqlar bilan izohlanadi. Maqola lingvokulturologiya, qiyosiy tilshunoslik va madaniyatlararo muloqot masalalariga bag‘ishlangan. Undan oliy o‘quv yurtlari talabalari, o‘qituvchilar, tarjimonlar va tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-14
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务