KIBERMAKONDA DIN: MISSIONERLIK VA PROZELITIZMNING IJTIMOIY-SIYOSIY XAVFI
收藏资源简介:
Ushbu ilmiy maqola zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivoji bilan bogʻliq holda kibermakonda diniy faoliyatning yangi shakllari – missionerlik va prozelitizmning ijtimoiy-siyosiy xavflarini tahlil qilishga bagʻishlangan. Maqolada “kiberdin” tushunchasi, uning asosiy xususiyatlari va tarqalish mexanizmlari ochib berilgan. Shuningdek, missionerlik va prozelitizmning oʻzaro farqi, ularning kibermakondagi faoliyat yuritish usullari tahlil qilingan va ushbu hodisalarning jamiyat barqarorligiga, milliy xavfsizlikka, yoshlar ongiga va konfessiyalararo totuvlikka ta'siri oʻrganilgan. Maqolada Oʻzbekiston Respublikasining ushbu sohadagi qonunchilik tajribasi, xususan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonun normalari tahlil qilingan. Xulosa qismida kibermakonda diniy ekstremizm va prozelitizmning oldini olish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.



