遇见数据集

OLIY TA'LIM MUASSASALARI XODIMLARI O'RTASIDA SOG'LOM PSIXOLOGIK MUHITNI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI VA DOLZARB MASALALARI

收藏
Zenodo2026-04-27 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari xodimlari o‘rtasida sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik omillari hamda u bilan bog‘liq dolzarb muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotda pedagogik jamoaning psixologik muhiti ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligiga ta’sir etuvchi muhim omil sifatida asoslab beriladi. Xodimlarning kasbiy qoniqishi, kommunikativ madaniyati, emotsional barqarorligi, liderlik va boshqaruv uslubi kabi ijtimoiy-psixologik omillarning jamoaviy muhitga ta’siri ilmiy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, oliy ta’lim tizimida uchraydigan kasbiy stress, kommunikatsiya yetishmovchiligi va nizoli vaziyatlar kabi muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etishning psixologik-pedagogik mexanizmlari taklif etiladi. Maqolada sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishga qaratilgan kompleks yondashuvlar, xususan psixokorreksion ishlar, treninglar va boshqaruv strategiyalarining ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida jamoaviy hamkorlikni rivojlantirish, psixologik barqarorlikni ta’minlash va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-27
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务