KOMPYUTER LINGVISTIKASI: SUN'IY INTELLEKT VA TABIIY TILNI QAYTA ISHLASH (NLP)
收藏资源简介:
Mazkur maqolada kompyuter lingvistikasi, sun’iy intellekt va tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing — NLP) yo‘nalishlarining o‘zaro aloqasi, asosiy vazifalari hamda o‘zbek tilini raqamli muhitda qayta ishlash bilan bog‘liq masalalar yoritiladi. NLP doirasida matnni tokenlarga ajratish, morfologik va sintaktik tahlil, nutq qismlarini belgilash, nomlangan obyektlarni aniqlash, mashina tarjimasi va matn mazmunini avtomatik qayta ishlash kabi vazifalar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, o‘zbek tilining agglutinativ tuzilishi, imlo variantlari, belgilangan lingvistik ma’lumotlarning yetarli emasligi hamda sifatli korpuslarga ehtiyoj masalalari tahlil qilinadi. Maqolada o‘zbek tili uchun NLP vositalarini rivojlantirishda korpus yaratish, lingvistik ekspertiza va texnologik yechimlarni birgalikda olib borish zarurligi asoslanadi.



