INFLYATSIYANI TARGETLASHNING XORIJIY TAJRIBASI VA UNI O'ZBEKISTONDA QO'LLASH ISSTIQBOLLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada inflyatsion targetlashning nazariy asoslari, xorijiy mamlakatlarda qo‘llanish tajribasi va O‘zbekistonda rivojlantirish istiqbollari tahlil qilinadi. Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Chexiya va Chili tajribasi asosida markaziy bank mustaqilligi, pul-kredit siyosati shaffofligi hamda inflyatsion kutilmalarni boshqarishning narxlar barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni yoritiladi. O‘zbekistonda inflyatsion targetlash samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar, jumladan, tartibga solinadigan narxlarning o‘zgarishi, valyuta kursi ta’siri va monetar transmissiya mexanizmidagi cheklovlar ko‘rib chiqiladi. Xorijiy tajribani milliy iqtisodiyot xususiyatlariga moslashtirish, prognozlash tizimini takomillashtirish, fiskal va monetar siyosat uyg‘unligini ta’minlash hamda moliya bozorini rivojlantirish yuzasidan takliflar ilgari suriladi.



